Yangiliklar

Farg`ona viloyatida “Hayot go`zal, yashash uchun 1001 sabab” mavzusida aksiya o`tkazildi

 

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2023-yil 6-aprel kungi 01/10-01-67-sonli xati viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023- yil 10-apreldagi 08/855- sonli xati, Farg`ona viloyati Furqat tumani maktab ta`limi bo`limining 2023-yil 20-aprel 08/290-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 25-aprel kuni Furqat tumani 36-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining amaliyotchi psixologi tomonidan “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab” mavzusidagi aksiyasining birinchi kuni yakunlandi.

Aksiyani birinchi kuni o'qituvchi va o'quvchilarga ushbu  aksiyaning nizomi, ssenariy va o'tkazish tartibi boʻyicha tushunchalar berildi. Ushbu aksiyasini o'tkazish uchun ishchi guruh tuzildi. Maktab pedagog xodimlari va oʻquvchilar yuqori kayfiyat va qiziqish bilan ishtirok etdilar.

;