Yangiliklar

Yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish

Yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifalarini bajarishda maktab bilan oila va jamoatchilikning hamkorligi jiddiy ahamiyatga ega. Shu bilan birga maktabning har bir bitiruvchisi kelajakda o‘zi tanlagan kasb egasi bo‘lish uchun qaysi o‘quv yurtida taxsil olishi mumkinligini bilishlari lozim. Oliy ta’lim muassasalarining yo‘nalishlari va ulardagi shart-sharoitlari bilan tanishib borilishlari aloxida axamiyatga ega.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda maktabning 11- sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish, kasb hunarga yo‘naltirish maqsadida Jizzax  yuridik texnikumi va Jizzax arxitektura va qurilish texnikumi, uning ta’lim yo‘nalishlari texnikumda yaratilgan shart sharoitlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

;