Yangiliklar

O‘quvchilarni kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish ishlari

O‘quvchilarni kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish ishlarini ilmiy asoslarda, zamonaviy pedagogik va psixologik talablarga muvofiq darajada tashkil qilish hamda bu jarayonning uzluksizligining ta’minlab borish xalq ta’limi tizimining hozirgi eng dolzarb vazifalari qatoriga kiradi. Shu sababli maktab psixologining yillik ish rejasiga har oyda kasblar oyligi mavzusida stendlar tayyorlash va uni o‘quvchilarga tanishtirish belgilangan.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani 27-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida aprel oyi rejasi bo‘yicha “Fan va ta’lim” yo‘nalishiga kiruvchi kasblar stendi tayyorlandi  va o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi.

;