Yangiliklar

7-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida "Kasblar festivali" tashkil etildi

Kasblar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaslik, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik va o‘z qobiliyatlarini amaliyotga to‘liq tatbiq eta olmaslik kasb tanlashdagi asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbiy ma’rifat va tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratish, ya’ni kasblar haqidagi turli va har tomonlama chuqur ma’lumotlarni berib borish lozim. Kasb tanlashga yo‘llash (proforientatsiya) - termini: yo‘naltirish, ajrata bilish, belgilash, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash degan ma’noni bildiradi. Kasb tanlashga yo‘llash tushunchasi - o‘quvchi yoshlarni ongli, to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga, kasblar, hunarlarning mehnat yo‘lini to‘g‘ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogik ishni ifoda etadi.

Toshkent viloyati Bekobod sharidagi 13-sonli umumta’lim maktabda  7-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida  "Kasblar festivali" tashkil etildi.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad 7-11 sinf  oʻquvchilarini kelajakda oʻzlari tanlagan kasblarida ishlashlari uchun motivatsiya uygʻotish, shu  yoʻnalishida oʻqish va kelajakda shu kasbda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlariga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish.

“Kasblar festivali” yordamida o‘quvchilarga har bir kasb va hunarning afzalliklari hamda o‘ziga xos jihatlari  ko‘rsatib berildi.

;