Yangiliklar

Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 11- sonli umumtalim maktabida “Kasblar festivali” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Hozirgi kunda yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish davlatimiz rahbari va hukumati tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan bo‘g‘indir. Bu borada bir necha farmon va qarorlar mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtdagi islohatlarda bu o‘z aksini topmoqda. Ushbu jarayonlar amalda o‘z natijasiga erishish uchun tizimdagi mavjud muammolarni o‘rganib, bartaraf etib borish maqsadga muvofiqdir.

Insonni kasbga o‘qitish va uni shu kasbni egasi qilib tarbiyalash unga ta’sir etayotgan obyektiv va uning subyektiv omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Jamiyatimizda ta’lim va tarbiyaga nisbatan olib borilayotgan islohotlarning muhim tomoni ham har bir insonga uning o‘ziga xosligiga e’tibor bergan holda tarbiyalash, ularning psixologik tomonlarini hisobga olgan holda yondoshish hisoblanadi. Har bir inson o‘zining alohidaligi va qaytarilmasligi bilan individualdir. Ta’lim berishda, tarbiyalashda va boshqarishda insonni eng avvalo qaytarilmasligini, individualligini hisobga olish muhim hisoblanadi.

Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 11- sonli umumtalim maktabida “Kasblar festivali” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kasblar festivali doirasida “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 7-11 sinf qiz bolalari ishtirok etishdi. Tanlov juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

;