Yangiliklar

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 5-sonli umumtalim maktabida “Kasblar festivali” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Maktab o‘quvchilarining havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu - niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ng kasbga yo‘llash kerak.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 5-sonli umumtalim maktabida “Kasblar festivali” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kasblar festivali doirasida “Balli yigitlar” va “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 7-11- sinf o‘g‘il bolalari  va qiz bolalari ishtirok etishdi. Tanlov juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari sinflar kesimida va  5-6 sinf o‘quvchilar tomonidan  bajarilgan qo‘l mexnati ko‘rgazmalari tashkil etildi,  raqslar va doira o‘yinlari  bo‘lib o‘tdi. “Kasblar festivali” tadbiri chiroyli, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

;