Yangiliklar

Farg'ona viloyatida “Hayot go'zal,yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi davom etmoqda

 

2023 yil 27 aprel kuni O'quvchilarni kasb - hunarga yo'naltirish va psixologik pedagogik Respublika Tashxis markazining 2023 yil 6- apreldagi 01/10-01-67-sonli xati, viloyat maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining 2023- yil 19- aprel 08/369-sonli xatini ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati Quva tumani 12- umumiy o'rta ta'lim maktabida "Hayot go'zal,yashash uchun 1001 sabab" nomli aksiyasi o'tkazilmoqda. Aksiya doirasida 7-“B”sinf o'quvchilari o'rtasida trening mashg'ulotlar tashkil etildi. Mashg'ulotlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad: o'quvchilarni diqqati, idrokini hamda hayotga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda ularda pozitiv fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mashg'ulotlar yakunida faol ishtirok etgan o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

 

;