Yangiliklar

Jizzax viloyatida “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi davom etmoqda

2023 yil 27 aprel kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani 7-umumtaʼlim maktabida stress va tushkunlik holatlarini oldini olish maqsadida Maktab psixologi Erjigitova Hilola tomonidan “Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi oʻtkazilmoqda. Jumladan, aksiya doirasida 4-6- sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Seni sevaman - hayot!” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov orqali oʻquvchilarda ijodiy ishlari orqali hayotga muhabbat mavzusini ochib berish vas hu orqali ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsad qilib olingan edi/ Maktab xodimlaridan iborat boʻlgan baholash komissiyasi barcha ijodiy ishlarni koʻzdan kechirib gʻoliblarni aniqlashdi. Shuningdek, oʻquvchilarda pozitiv kayfiyatni yanada rivojlantirish maqsadida koʻrik-tanlovning barcha ishtirokchilariga estalik sovgʻalari taqdim etildi.    

.        

          

;