Yangiliklar

“HAYOT GO'ZAL,  YASHASH  UCHUN  1001 SABAB”

 

2023 yil 27 aprel kuni Farg'ona viloyati Farg'ona tumanidagi 30-o'rta ta'lim maktabidagi amaliyotchi psixologlar S.Isaqova  va D.Siddiqjonovalar tomonidan maktab pedagoglar, maktab o'quvchilari,  proflaktika inspektori A.Sultonov, maktab hamshirasi va o'quvchilarning ota-onalar ishtirokida “Hayot go'zal,  yashash  uchun  1001 sabab”  aksiyasi o'quvchilari o'tkazildi.

Aksiyani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad: ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashish, ularda mehr-oqibat tuyg'ularini shakllantirish, ruhiy zo'riqishni bartaraf etish va ahillikni ta'minlashdan iborat.

Aksiya doirasida sinflar kesimida korreksion, rivojlantiruvchi mashg'ulotlar o'tkazildi. Maktab xodimlari uchun aksiya doirasida taqdim etilgan ilovalardan to'liq foydalangan holda psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi.  

Aksiya ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib unda barcha o'qituvchilar  va  o'quvchilar faol ishtirok  etishdi.

;