Yangiliklar

"Hayot go'zal yashash uchun ming bir sabab" mavzusida aksiya o'tkazildi

2023 yilning 28 aprel sanasida Navoiy viloyati Karmana tumani Hamza Umarov nomidagi 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilarda hayotning go'zalligini anglatish, hayotni sevish, qadrlash va shukronalik  tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida  "Hayot go'zal yashash uchun ming bir sabab"  mavzusida aksiya o'tkazildi. Aksiya davomida maktab o`quvchilari, ularning ota-onalari hamda pedagog-hodimlar ishtirokida seminar-treninglar va rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda har bir sinf o`quvchilari o'z qo'l mehnati bilan tayyorlagan ko'rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

;