Yangiliklar

"Fan va ta’lim sohasiga oid  kasblar" oyligi doirasida  kasblar burchagi tashkil etildi

Mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish masalalariga barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omili sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, ta’limi tizimini zamonaviy darajada rivojlantirishning dolzarb masalalaridan biri umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini ilmiy - pedagogik asosda uzluksiz ravishda takomillashtirib borish hisoblanadi.

Jizzax viloyati  Arnasoy tumanidagi 3-sonli umumta'lim maktabida Aprel oyi "Fan va ta’lim sohasiga oid  kasblar" oyligi doirasida  kasblar burchagi tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni  Fan va ta’lim sohasiga oid kasblar bilan tanishtirish hamda  tushunchalar berish.

;