Yangiliklar

“Каsblar festivali”

Kasblar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaslik, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik va o‘z qobiliyatlarini amaliyotga to‘liq tatbiq eta olmaslik kasb tanlashdagi asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbiy ma’rifat va tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratish, ya’ni kasblar haqidagi turli va har tomonlama chuqur ma’lumotlarni berib borish lozim. Kasb tanlashga yo‘llash (proforyientatsiya) - termini: yo‘naltirish, ajrata bilish, belgilash, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash degan ma’noni bildiradi.

Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Каsblar festivali” doirasida 9-11-sinf o‘quvchilari oʻrtasida  o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga kasblar to‘g‘risida tushuncha berish  maqsadida 2023-yilning 25-aprel kuni ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Faol ishtirok etgan barcha oʻquvchilar rag‘batlantirildi.

;