Yangiliklar

Maxsus pedagog faoliyati

Andijon viloyati Ulug‘nor tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan inklyuziv sinf o‘quvchisi bilan olib borilgan alohida mashg‘ulot jarayoni.

Inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan so‘ng maxsus pedagog korreksion soatlarni olib boradi. Korreksion soatlarda dastlab o‘quvchilarning nutqiy, ruhiy va jismoy tomondan rivojlanishiga alohida yondashiladi. Nutqni rivojlantiruvchi, mantiqiy fikrlashni oshiruvchi va barmoq mashqlariga oid tuzatish ishlari olib boriladi. Tuzatish mashg‘ulotlaridan so‘ng esa sinf darslarini o‘zlashtirishiga yordam beriladi. Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan keng qamrovli ishlar, ularni maktab muhitiga va sinf jamoasiga moslashishida ko‘mak beradi.

;