Yangiliklar

Prezident maktabiga tashrif

Xorazm viloyati Xiva shahar 5-son umumta’lim maktabi inklyuziv sinf o‘quvchilari Xiva shahridagi Prezident maktabida mehmonda bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad alohida talim ehtiyoji bolgan oquvchilarni zamonaviy jihozlangan maktab bilan tanishtirishdan iborat. Prezident maktabida o‘quvchilar tennis, shashka, shaxmat kabi sport to‘garaklari bilan yaqindan tanishib, o‘z qiziqishlarini bildirishdi. Tashrif yakunida esa o‘quvchilar oshxonaga taklif qilinib shirinliklar bilan mehmon qilindi.

;