Yangiliklar

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv ta’limni tashkil etish

2023-yil 4-may kuni Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv ta’limni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarda Olmazor tumanidagi barcha maktab rahbarlari, tuman masʼul metodistlari maktab o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. O‘quv seminarni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi inklyuziv ta’lim bo‘limi metodisti G.Alimova olib bordi. Tinglovchilar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

;