Yangiliklar

Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Respublika tashxis markazi bilan xamkorligida Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarning direktorlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad inklyuziv ta’lim haqida maktab rahbarlarini xabardor qilish, 2023-2024-o‘quv yilida maktabga kelishi kutilayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qishga qabul qilishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashlarida bilimlarini oshirishdir.

;