Yangiliklar

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli qarorida O‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markaziga maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, inklyuziv ta’limning barcha subyektlarini psixologik- pedagogik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha seminarlarni tashkil etish vazifalari yuklatilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Markaz tomonidan 2023-yil 4-6-may kunlari Toshkent shaharidagi barcha umumta’lim maktablarining direktorlari va ularning o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu o‘quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad inklyuziv ta’lim haqida maktab rahbarlarini xabardor qilish, 2023-2024-o‘quv yilida maktabga kelishi kutilayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qishga qabul qilishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashlarida bilimlarini oshirishdir.

;