Yangiliklar

Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabda “Bitiruvchilar bilan bir kun” shiori ostida

Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagi hayotbaxsh o‘ziga xos zarrin nurlarini sochayotgan hozirgi kunda har bir kasb-hunar egasi voqelikni to‘g‘ri tushunishi orqali, o‘z ustida ishlashga eʼtibor berib, tanlagan kasbidan bahramand bo‘lishni taʼminlash bevosita xalq taʼlimi tizimida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish mexanizmi va unga yondashuvni taqozo etadi. Kasbga yo‘naltirish mexanizmi va unga oqilona yondashuv tushunchasi mavhum tushuncha bo‘lmay o‘ziga xos alohida xususiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilar tanlagan kasbi faoliyatida barcha aniq harakatlar aloqadorligida namoyon bo‘ladi. Аytilganlarga mos holda anashu tushunchalar mohiyatiga eʼtiborni qaratamiz.

Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabda  “Bitiruvchilar bilan bir kun” shiori ostida 11-sinf bitiruvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda yakka tadbirkor Xaticha  G‘aniyeva, va maktab rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuv  davomida taklif qilingan mehmonlar o‘zlarini hayotda erishgan yutuqlari va unga erishguncha bosib o‘tgan yollarini gapirib berdilar, hamda o‘quvchilarni savollariga javob berib bordilar.Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi

;