Yangiliklar

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 31-sonli umumta’lin maktabi 9-sinf o‘quvchilari tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kunida qatnashishdi.

Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o‘ynaydi.

Taʼlim tizimida o‘quvchilarning faqat bilim doirasini kengaytirish asosiy maqsadga aylanmasdan ularni kasb-hunarga yo‘naltirish ham lozim. Buning uchun ularda hayot uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish birinchi o‘rindagi vazifa bo‘lmog‘i kerak. Bu borada hozirda muhim qadamlar qo‘yildi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 31-sonli umumta’lin maktabi 9-sinf o‘quvchilari tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kunida qatnashishdi. O‘quvchilari sinf rahbarlari boshchiligida kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, o‘quv jihozlari bilan yaqindan tanishdi. Bayram tadbiri esa o‘quvchilarda ushbu maktabga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

;