Yangiliklar

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumta’lim maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari UDEA universitetida bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar” kunida ishtirok etishdi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo‘naltirish hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustuvor masalalardan biri bo‘lgan. Taʼlim dargoxida o‘sib kelayotgan yoshlarga kasb-hunarga yo‘naltirish maktab psixologlarining faoliyati katta ahamiyatga ega.

 Kasb tanlashda yordam berish uchun o‘quvchilarni o‘rganish, birlamchi kasbiy diagnostika maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ushbu bosqichda o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish kerak: hayotiy muhim yo‘nalishlari, qiziqishlari, ehtiyojlari, moyilliklari, qobiliyatlari, kasbiy yo‘nalishi, kasbiy niyatlari, kasb tanlash motivlari, xarakter xususiyatlari, temperament, sog‘liq holati. Ayniqsa bitiruvchilarni kelajakda qaysi kasbni tanlashi uchun oliy ta’lijm muassasasini qaysi mutaxassisligini tanlashini bilishlari zarurdir. Shu munosabat bilan maktab amaliyotchi psixologlari bitiruvchilarni oliya ta’lim muassasalariga tanishtirish maqsadida olib bormoqdalar.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumta’lim maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari UDEA universitetida bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar” kunida ishtirok etishdi.   Buyuk Britaniyaning KOVENTRI universiteti o‘quv dasturi hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

;