Yangiliklar

Maktab psixologlari uchun seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazilmoqda

  Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Bolalarni ijtimoiy psixologik qo'llab - quvvatlash va inklyuziv ta'lim sho'basi psixolog metodisti  Z.Haydarova  tomonidan Shahrisabz shahridagi 1-sonli IDUMda 2023- yilning  11 - may  kuni shahardagi umumta'lim maktabining 40 nafar  amaliyotchi psixologlari uchun "Erta tug'ruq, zo'ravonlik holatlarini oldini olish, aniqlash va ularga javob berish"  mavzusiida o‘quv amaliy seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Treneng mashg'ulotlarini 1-IDUM amaliyotchi psixologi Yo'ldosheva Maftuna, 6- maktab amaliyotchi psixologi Vohidova Emene, 7-maktab amaliyotchi psixologi Tosheva Lolalar  olib borishdi. Dastlab ular maktab amaliyotchi psixologlari bilan "Erta tug'ruq, zo'ravonlik holatlarini oldini olish, aniqlash va ularga javob berish" uchun maktab psixologlari, sinf rahbarlari, ota-onalar tomonidan qanday ish olib borish kerakligi to'g'risida slaydlar yordamida tushunchalar berib o'tishdi.

  Treningda profilaktika tadbirlarining maqsad va vazifalari, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va o‘tkazishning faol usullari hamda maktab psixologi, sinf rahbarlarining vazifalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

  Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarning amaliyotda foydalanishlari uchun diagnostika metodlari va korreksion usullarni o‘tkazish maqsadida amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Ushbu seminarlar orqali may oyining 30 sanasi davomida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 40 nafar psixologlarni trener sifatida tayyorlab olish hamda keyinchalik ular ushbu seminar davomida olgan bilim va malakalarini o'zlarining maktablarida amaliyotda qo'llashni maqsad qilib olingan.

;