Yangiliklar

Farg'ona viloyatida “Pozitivlik – davr talabi” mavzusida aksiya oʻtkazilishi davom etmoqda

2023 yil 16 may kuni Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tasarrufidagi 30-o'rta ta'lim maktabida “Pozitivlik – davr talabi” mavzusida aksiya oʻtkazilmoqda. Mazkur aksiya doirasida sogʻlom turmush tarziga ijobiy munosabatni, shu jumladan muloqot qobiliyatini, oʻziga va boshqalarga ijobiy munosabatni, psixo-emotsional holatni hamda oʻzini-oʻzi boshqarish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan profilaktik psixologik-pedagogik tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilib olingan.

Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 9-sinf o'quvchilarining onalari ishtirokida “Onalarga ehtirom” mavzusida tadbir o'tkazildi .

Oʻtkazilgan tadbir jarayonlari davomida ona va farzand munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish, oʻz-oʻzini hurmat qilish, shaxsning eng yaxshi va  kuchli tomonlarini aniqlashga imkon beruvchi mashgʻulotlardan foydalanildi.

;