Yangiliklar

Andijon viloyatida seminar-treninglar tashkil etilmoqda

2023 yil 15 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablarining amaliyotchi psixologlari uchun  "Maktab o'quvchilarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilash"  mavzusida o'quv seminari tashkil etildi.

O’quv seminarda   Andijon  viloyati oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat shoʻba mudiri  A.Qodirov va Z.Saidaliyevalar hamda Izboskan tumanining amaliyotchi psixologlari ishtirok etishdi.

Tashxis markazi sho'ba rahbari A.Qodirov barcha psixologlarga o'z ish faoliyatiga doir xujjatlarni yuritilishi hamda maktabdagi  faoliyatlari  haqida kerakli tavsiyalarni berib o'tdi, hamda respublikadagi barcha OTM lar va ularni faoliyatlari haqida ishlab chiqilgan yangi loyiha bilan tanishtirdi.  Izboskan tumani psixologlari tomonidan "Maktab o'quvchilarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilash"    mavzusida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

;