Yangiliklar

Andijon viloyatida psixologik salomatlik oyligi o'tkazilmoqda

Joriy yilning 17-may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli  18-umumiy o'rta ta'lim maktabi filiallarida tumanning eng faol maktab psixologlari ishtirokida "Pozitivlik-davr talabi"  aksiyasi doirasida psixologik salomatlik oyligi o'tkazildi.

 Aksiya davomida maktab psixologlari tomonidan diqqatni jamlovchi, xotirani mustahkamlovchi trening mashg'ulotlari va psixologik o'yinlar o'tkazildi.

Salomatlik oyligida har bir haftalik davomida sinflar kesimida belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda.

O'quvchi-yoshlar orasida turli salbiy illatlarga qaramlikning oldini olish shuningdek, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish orqali ularning ruhiyatida ijobiy o'zgarishlarga erishish sifatida tanlab olingan maqsadga mashg'ulotlar davomida erishib kelinmoqda.

;