Yangiliklar

Psixotrop moddalarga qaramlikni oldini olish bo‘yicha o‘quvchilar bilan ishlash mavzusida trenning mashg‘ulotlar o‘tkazildi

2023 yil 17 may kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabida “Psixoaktiv moddalarni  ishlatishning oldini olish uchun mo‘ljallangan “Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz” mavzusida o‘quv amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazilgan seminar-trening mashg‘ulotlarida tumandagi 75 ta umumta’lim maktablarning amaliyotchi psixologilari qatnashdi. Seminarda 5-,14-,59-,67 umumta’lim maktab psixologlari “Psixotrop moddalarga qaramlikni oldini olish bo‘yicha o‘quvchilar bilan ishlash” mavzusi orqali sinflar kesimida o‘quvchilarning turli moddalar iste’moliga qaramlik jarayoniga qanday yondashish kerakligi borasida amaliy rolli- o‘yinlar o‘tkazildi.

Shuningdek, trenning mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘zlarning fikr va mulohazalarini bildirishdi.

;