Yangiliklar

“Ta’lim va kasb – 2023” ko’rgazmasi namanganda

Namangan shahridagi Yoshlar Markazida “Ta’lim va Kasb – 2023” XXIII xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, unda 10 dan ortiq xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdilar. O‘zbekiston va Rossiyaning MGIMO, TMC instituti, Webster, Moskva moliya universiteti va o‘ndan ortiq oliy oʻquv yurtlari tomonidan bitiruvchi o‘quvchilar uchun tushunchalar berildi.

Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari oliy ta’lim mutasaddilaridan individual maslahatlar oldilar, o‘zlariga mos yo‘nalishlarni tanlash, o‘qishga kirish, ta’lim sifati va talabalar hayoti bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi, “Erasmus+” milliy byurosi ko‘magida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada viloyatimizning 500 dan ortiq ta ta’lim maskanlaridan 10 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.

;