Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim amalda…

Maktablarning inklyuziv ta’lim sohasida xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Maktab direktori bolalar inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.

O‘quvchilarning maktabga kelib-ketishidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarlik ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklatildi.

O‘quvchilarning maktab hududidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarlik maktabga yuklanadi.

Maktablar inklyuziv ta’lim sohasida o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.

 

;