Yangiliklar

Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning konstitutsional shakli

Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1- 2 yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali “yetilmagan” bo‘ladi.Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.

;