Yangiliklar

Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning somatogen shakli

Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak kabi bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.

;