Yangiliklar

Individual ta’lim rejasi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA vakillari bilan O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorlikda inklyuziv taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar uchun “Alohida taʼlim ehtiyojli boʻlgan oʻquvchilar uchun individual taʼlim rejasini toʻgʻri tuzish” mavzusida ZOOM seminari tashkil etildi. Seminar markaz direktorining birinchi o‘rinbosari K. Jo‘raboyev, Inklyuziv ta’lim bo‘limi metodistlari G. Alimova hamda S. Mo‘minovlar tomonidan olib borildi.

Seminarga maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim shoʻbasi metodistlari, inklyuziv taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagog, maktab amaliyotchi psixologlari va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jalb etildi. Seminarda 308 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.

Seminar yakunida pedagoglarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

;