Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim

Inklyuziv ta’lim – (inklyuziya inglizcha inclusion-uyg‘unlashish) hamkorlikdagi ta’lim bo‘lib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan enginsonparvar va samarali ta’lim sifatida tan olingan.

Bizning fikrimizcha inklyuziv ta’lim bu, shunday ta’lim-tarbiya jarayoniki, unda jismoniy, ruxiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat’iy nazar barchabolalar umumiy tarzda, o‘z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlaryaratilgan maktablarda, o‘z tengqurlari bilan birga ta’lim olishi demakdir.

Inklyuziv ta’limning maqsadi: Alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumta’limmuassasalarida to‘laqonli ta’lim olishlarini ta’minlash, ta’lim muassasalarida harbir bola uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim turlari:

-Maxsus ta’lim - Bolalarning muammolari bo‘yicha maxsus tashkil etilganmaktab-internatlari.

-Sanatoriya turidagi maktab internatida.

-Inklyuziv integratsion ta’lim. Umumta’lim muassasalarida tashkiletiluvchi uyg‘un ta’lim.

-Uydagi ta’lim. Ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaganbolalar uchun oilada tashkil etiluvchi ta’lim.

-Muruvvat uylari. Rivojlanishida og‘ir nuqsonlarga ega bolalar uchuninternat tipida maxsus tashkil etiluvchi ta’lim.

-Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.

;