Yangiliklar

Shaxs yoʻnalganligini aniqlash

        2022-yil 27-yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Respublika oʻgʻil bolalar va qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va kasbga yoʻnaltirish” reja asosida Chinoz tumanidagi qiz bolalar, Sirdaryo viloyatidagi Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va kasbga yoʻnaltirish tadbirlari oʻtkazildi.
        Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi mutaxassislari S.Raximova va G.Yusupovalar tomonidan tarbiyalanuvchilar bilan hayotda oʻz xohishlarini anglash tuygʻularini shakllantirish, oʻzlarining qiziqishlarini anglash, shaxsiy resurslarini, imkoniyatlarini bilish, oʻz qiziqishlari asosida kasb tanlashlariga erishishga koʻmaklashish maqsadida “Orzu va maqsad” trening mashgʻulotlari hamda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha “Shaxs yoʻnalganligini aniqlash” soʻrovnomasi oʻtkazildi.
        Ushbu oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va kasbga yoʻnaltirish ishlari joriy yilning may oyiga qadar davom ettiriladi.

;