Yangiliklar

“Oilaviy bolalar uylari”ga psixologlar biriktirildi

        Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri huzurida “Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining ishlarini toʻgʻri rejalashtirish va hisobdorlikni tashkil qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi” toʻgʻrisida 2022-yil 24-yanvar kuni Xalq taʼlimi vaziri raisligida oʻtkazilgan 3-son yigʻilish bayonining 12 bandida “Oilaviy bolalar uylari”da tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarga umumtaʼlim muassasalari psixologlari tomonidan psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etishda maktab psixologlarini biriktirish va tarbiyalanuvchilar bilan sifatli psixologik xizmat tizimini yoʻlga qoʻyishda ustuvor vazifalarni belgilashda “Oilaviy bolalar uylari”ga biriktirilgan maktab psixologlari uchun 2022-yil 28-yanvar kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan onlayn oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
        Seminarda viloyat studiyalari orqali hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organining Psixologik-pedagogik tashxis faoliyatini tashkil etish shoʻbalaring 28 nafar xodimlari hamda 51 nafar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi metodistlari, 111 nafar “Oilaviy bolalar uylari”ga biriktirilgan maktab psixologlari jalb etildi.
Kelgusida “Oilaviy bolalar uylari”da tarbiyalanayotgan bolalar bilan tizimli ravishda psixologik xizmat ishlarini tashkillash yuzasidan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, “Oilaviy bolalar uyi” tarbiyalanuvchilari bilan psixologik va ijtimoiy koʻmakli kuzatuv ishlarini olib borishning oʻziga xos xususiyatlari mavzusida kerakli bilim va koʻnikmalar berildi.

;