Yangiliklar

Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda seminar-trening

        Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida Yaponiya hukumati loyihasi doirasida maktab psixologlari uchun o‘quv-amaliy trening mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.                                                                                                                      
        Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sharoitida bolalarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish borasida Yaponiya hukumati bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
        Ushbu maqsadda Yaponiya hukumati O‘zbekistonga 200000 AQSH dollari miqdorida grant ajratdi. Buning natijasida 70000 dan ortiq bolalar va ularning oilalari farovonligini yaxshilashga yordam berilishi kutilmoqda. 2022-yil 21-fevral kuni Surxondaryo viloyatidagi Muzrabot tumanida mazkur grant doirasida YUNISEF, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda Respublika tashxis  markazi yordamida bolalarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha maktab psixologlari uchun “Bolalarni ruhiy salomatligi asoslari va ularga shu jumladan favqulodda vaziyatlarda psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatish"ga oid o‘quv-amaliy trening mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.

;