Yangiliklar

“Avlod Baraka” NTM va Rossiyaning Feniks kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun 2021-yil 7-aprel kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi, Respublika “Avlod Baraka” NTM va Rossiyaning Feniks kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlikni kengaytirish, xususan, “Autizm spektri buzilgan (autism-ASD) bolalar va o‘spirinlarni kompleks reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuv dasturi platformasi-portalini” yaratish (O'zbekiston Respublikasida autizm spektri buzilgan bolalarning holati va statistikasi; Portal platformasining kontseptsiyasi, arxitekturasi, ekotizimi, biznes modeli; Asosiy funktsiyalarni loyihalash; O'zbekiston Respublikasida AIS bo'yicha savollar) masalalari ko‘rib chiqildi va kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlar rejasi kelishib olindi.

;