Yangiliklar

Bolalarni ruhiy salomatligi asoslari va ularga shu jumladan favqulodda vaziyatlarda psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatish

         Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida YUNISEF hamda Respublika tashxis markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Bolalarni ruhiy salomatligi asoslari va ularga shu jumladan favqulodda vaziyatlarda psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatish"ga oid 3 kunlik o‘quv-amaliy trening samarali yakunlandi.
        Bugungi trening mashg‘ulotlarimizda: Zo‘ravonlik va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka, shu jumladan favqulodda vaziyatlarga javob qaytarishning standart operatsional muolajalari; Favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish; Ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy yordam mavzulari haqida so‘z yuritildi.
3 kunlik o‘quv-amaliy trening davomida ishtirokchilar ko‘pgina yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘z bilimlarini boyitdilar.
        Trening yakunida Respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova tomonidan ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

;