Yangiliklar

‘‘Kompyuterga tobelik’’ mavzularida o‘quv-amaliy seminar-trening

        2022-yil 24-fevral kuni ‘‘Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish’’ loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Uzun tumani ta’lim muasssasalarining 45 nafar amaliyotchi psixologlari uchun O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan ‘‘Ko‘rish, eshitish va tushunish’’ dasturi va dastur doirasida ‘‘O‘smirlarda suitsidial xatti-harakatlarning sabablari va o‘ziga xos xususiyatlari’’ hamda ‘‘Sog‘lom avlod’’ dasturining ‘‘Kompyuterga tobelik’’ mavzularida o‘quv-amaliy seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Trening mashg'ulotlari Respublika tashxis markazi psixolog metodisti G.Yusupova tomonidan olib borildi. Seminar-treningni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad: maktab psixologlari uchun moʻljallangan usullar va texnologiyalar autodestruktiv xatti-harakatlar sodir etadigan oʻspirinlarning jamiyatda moslashishiga, oʻzlari, tengdoshlari, kattalar bilan munosabatlarni uygʻunlashtirishga, shuningdek, deviant xatti-harakatlarning oldini olishga yordam berishdan iborat.
        Trening davomida o‘smirlik davrida yuzaga keladigan o‘zgarish va ehtiyojlar, ularning oldini olish hamda bartaraf etish usullari haqida, shuningdek kompyuterga tobelikning kelib chiqish sabablari borasida psixologik fikr-mulohazalar borasida so‘z yuritildi.
        Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

;