Yangiliklar

Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish

        2022-yil 24-fevral kuni ‘‘Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko‘nikmalarini oshirish mexanizmlarini yaratish’’ loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Uzun tumani, 26-maktabida ta’lim oluvchi, 9-10-11-sinfda ta’lim oluvchi 103 nafar o‘quvchilar uchun O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan ‘‘Stress va uni bartaraf etish", ‘‘Hissiyotlar olamida’’, ‘‘Sog‘lom avlod’’ dasturining ‘‘Shaxsiy gigiyena’’ mavzularida trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Trening Respublika tashxis markazi psixolog metodistlari G.To'rayeva hamda G.Yusupovalar tomonidan olib borildi. Treningdan ko'zlangan maqsad: oʻzbek xalqiga xos boʻlgan axloqiy meʼyorlar nuqtai nazaridan oʻz sogʻligʻiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, qiz bolaning iffati va or-nomusi haqida tushunchaga ega boʻlish, jinsiy axloqsizlikka salbiy munosabatda boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish. Jamoada va oilada psixik salomatligini saqlash va mustahkamlashga imkon tugʻdiruvchi qulay muhitni shakllantirishdan iborat.
        Trening avvalida o‘quvchi-yoshlarning shaxsiy gigeyena borasidagi tasavvurlari va amaliyotda qo‘llayotgan usullari borasida savol-javobdan iborat muzokara tashkil qilindi.
        So‘ngra amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning oilada, ta’lim muaassasi va jamoat joylarida gigiyenaga amal qilish va shu orqali o‘zi va o‘zgalarning sog‘liqlariga javobgar bo‘lish haqida tushunchalari mustahkamlandi.

;