Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim tizimi ishtirokchilari uchun maqsadli malaka oshirish kursi

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tashabbusi bilan 2023 yil 7 avgust kunidan  Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan inklyuziv va korreksion sinf o‘qituvchilari, psixologlari va direktorlari uchun maqsadli malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi. Ushbu malaka oshirish kursi tasdiqlangan grafik-reja asosida pedagog xodimlarga inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazish maqsadida tashkil etildi.

            Maqsadli malaka oshirish kursi ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda oʻtkazilib, tinglovchilarni O‘zbekiston mutaxassislari bilan bir qatorda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida Yaponiya, Belorussiya, Rossiya davlatlarining ish tajribalari bilan tanishtirish rejalashtirilgan. 7 avgust kuni O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birga Yaponiya xalqaro JICA  hamkorlik tashkiloti vakili, O‘zbekistonda "Maktabgacha ta'limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish" loyiha rahbari Kohei Horiba tomonidan “Nogironlik nima?” mavzusida tinglovchilarga ma’lumot berildi.

 Maqsadli malaka oshirish kursida jami 1 208 nafar pedagoglar ishtirok etdi.

 Mazkur maqsadli malaka oshirish kursi joriy yilning 8-19 avgust kunlari ham davom etadi.

;