Yangiliklar

Yangi o‘quv yili boshlandi!

Kuz fasli kirib kelishi bilan yurtimizda yangi 2023-2024 o‘quv yili boshlandi. Ushbu kun ayniqsa joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari uchun hayajonlidir. Maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalar ichida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga qamrab olinganligi ayniqsa quvonarlidir. Ular sog‘lom tengdoshlari bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida ta’lim olishlari ta’minlanmoqda. Maktablarimizda ko‘tarinki bayram shukuhi kezmoqda. O‘qituvchi-pedagoglar hamda o‘quvchilar intiqib kutgan davr boshlandi. 2023-2024 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktablarda “Birinchi qong‘iroq”, “Mustaqillik darsi” tadbirlari o‘tkazildi.

;