Yangiliklar

Angor tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori L.R.Gaynutdinova tomonidan Surxondaryo viloyatida Yaponiya granti asosida YUNISEF hamda Respublika tashxis markazi hamkorligida olib borilayotgan teninglarni tashkil qilish bilan bir qatorda, joriy yilning 24-fevral kuni Angor tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tizimda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar, maktab psixologi ish jarayonida amalga oshirishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Uchrashuv yakunida maktab psixologlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

;