Yangiliklar

Zo’ravonlikka barham berish har birimizning burchimizdir!

Bugun Milliy matbuot markazida ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikni oldini olish mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Tabdirda oilaviy zo’ravonlik masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida “Sahar” guruhining «Ayol» qo’shig’iga ishlangan videoklip taqdimoti bo’lib o’tdi.

UNICEF tadqiqotlariga ko’ra, dunyoda 5 yoshgacha bo’lgan har 4 boladan biri o’z turmush o’rtog’i tomonidan zo’ravonlikka duchor bo’lgan ona bilan yashaydi. Shunday ekan jamiyatimizda ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish har birimizning burchimizdir!

Videoklip Xalq ta’limi vazirligi, YuNISЕF jamg’armasi, “NeMolchi” internet resursi, GGC UNNO agentligi tashabbusiga asosan yaratilgan.

;