Yangiliklar

Yaponiya mutahassislarining amaliy tashrifi.

Yaponiyaning JICA halqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi doirasida eshitishda muammosi bo‘lgan bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutahassis Ruriko Kamata va Yaponiyaning Kokusikan universiteti, Adabiyot fakulteti, Ta’lim kafedrasi dotsenti Tokako Homma xonimlar 2023-yilning 06-15 sentabr kunlari O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tehnik yordam berish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahridagi 101-kar bolalar maktab internatiga tashrif jarayonida Yaponiya mutahassislari maktab internatidagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya va faoliyat ko‘rsatayotgan pedagogik jamoa bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek tayyorlov sinflarda “Atrofimizdagi olam” darsining o‘tilishi, 3-sinf o‘quvchilari bilan eshitish qobiliyatining rivojlanishi va talaffuzga o‘rgatish jarayoni, 8-sinflarda o‘quvchilarni nutqiy muloqot darslari hamda 9-sinf qizlarining tehnologiya darsida pishiriq tayyorlash mahoratlarini kuzatdilar.

Yaponiya mutahassislariga ta’lim-tarbiya jaroyonida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar Yaponiya mutahassilarida ijobiy taassurotlar qoldirdi.

O‘quv faoliyati so‘ngida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan o‘zaro davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida Yaponiyada eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish jarayoni, ularni ta’limdagi yondoshuvlari va erishilayotgan yutuqlari to‘g‘risida ishtirokchilar tomonidan qiziqtirgan savollaga eshitishda muammosi bo‘lgan bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutahassis Ruriko Kamata atroflicha javob berdilar.

Suhbat yakunida Yaponiya mutahassislari eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda foydalanish mumkin bo‘lgan estalik sovg‘alarini taqdim etdilar.

;