Yangiliklar

Yaponiya mutahassislari bilan amaliy hamkorlik

Yaponiyaning JICA halqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi doirasida eshitishda muammosi bo‘lgan bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutahassis Ruriko Kamata 2023-yilning 06-15 sentabr kunlari O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tehnik yordam berish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 13-sentyabr kuni Yaponiyaning JICA halqaro hamkorlik tashkilotining kun tartibiga ko‘ra Ruriko Kamata, hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi xodimi bilan birgalikda Toshkent shahridagi 109-sonli umumta’lim maktabidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan inklyuziv sinfda sog‘lom bolalar bilan bir qatorda tahsil olayotgan eshitishda muammosi bo‘lgan (koxlear implantli bolalar) 2- 3- sinflardagi dars jarayonlarida ishtirok etdilar. Tashrif davomida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni va pedagog hodimlar bilan yaqindan tanishdilar. Olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari, o‘quvchilarning darsdagi faol ishtiroki mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Uchrashuv so‘ngida tumandagi inklyuziv sinflarda ta’lim berayotgan 109-, 62- hamda 197 -umumta’lim maktablari o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati mutahassislar tomonidan Yaponiyada tashkil etilgan inklyuziv ta’lim jarayonlari, o‘qitish texnologiyalari haqida ma’lumotlar berdilar. Yaponiya mutahassislari  hamda tashxis markazi hodimi o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

;