Yangiliklar

Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

Alfraganus universiteti tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar hamda Yunusobod tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli yangi kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Yangi kitob taqdimotida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologlari, RMMM huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari ham ishtirok etdilar.

Tashkilotlardan tashrif buyurgan barcha hodimlar “Inson baxt uchun yaralgan” mavzusida o’tkazilayotgan taqdimotda fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yakunda yangi kitoblar universitetning barcha talabalariga sovg’a sifatida tarqatildi.

;