Yangiliklar

Inklyuziv taʼlim: xalqaro tajriba va amaliyot, erishilgan natijalar, muammo va ularning yechimlari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish maqsadida xalqaro tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan 2023 yil 3 oktabr kuni Toshkent shahrida “Inklyuziv taʼlim: xalqaro tajriba va amaliyot, erishilgan natijalar, muammo va ularning yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Xalqaro konferensiyada Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Syurix pedagogika universiteti, Yaponiya davlatining JICA xalqaro hamkorlik tashkiloti, Belarusiya davlat pedagogika universitetining Inklyuziv taʼlim instituti, Qozogʻiston Respublikasi, Amerika Qoʻshma shtatlarining Trayangl ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekistondagi filiali, Rossiya taʼlim akademiyasining Korreksion pedagogika instituti, Yaroslavl davlat pedagogika universiteti va respublikamizning pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari hamda professor-oʻqituvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

;