Yangiliklar

UNICEF tashkiloti hamda Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish milliy ilmiy-amaliy markazi tashrifi

Oʻzbekistonda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, ularni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash, taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash borasidagi muammolarni bartaraf etish, xorijiy tajribalar oʻrganish va tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda.

Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi  vakili Yana Chicherina hamda Qozog‘iston Respublikasi Maxsus va inklyuziv ta’limni rivojlantirish milliy ilmiy-amaliy markazi direktori A. Kuderinova, Resurs markazi bo’lim boshlig‘i Ye. Egorovalar ishtirokida davra suhbati bo’lib o‘tdi.

            Suhbat chog‘ida markaz direktori O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etilishi va rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida, Qozog’iston Respublikasi mutaxassislari   inklyuziv ta’limni tashkil etishdagi tajribalari, erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot berdilar.

Suhbat so‘ngida o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi rejalar haqida kelishib olindi.

;