Yangiliklar

“Taʼlimda global hamkorlik” loyihasi doirasida Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlim tizimini samarali tashkil etilishi

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) markazining “Taʼlimda global hamkorlik” loyihasi doirasida Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlim tizimini samarali tashkil etilishi hamda rivojlanishi borasida amalga oshirilayogan ishlar bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida Gruziya, Qirgʻiz, Moldova va Tojikiston davlatlaridan mutaxassislar tashrif buyurishdi.

Ushbu mutaxassislar dasturga binoan, 2023-yil 9-oktabr kunini birinchi yarmida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-maktabda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv sinflarda dars mashgʻulotlarini oʻtilishini kuzatishdi hamda maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari ushbu maktabda Toshkent shahrida joylashgan 55-, 70-, 290- va 324-maktablarning inklyuziv sinflarida dars berayotgan amaliyotchi oʻqituvchilar bilan bevosita fikr almashildi.

Shu kunning ikkinchi yarmida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixolog-pedagogik respublika tashxis markazida inklyuziv taʼlim yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

;