Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda tajriba almashish va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) markazining “Taʼlimda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Qirgʻiz, Moldova va Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislarning mamlakatimizda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim jarayoni bilan tanishish jarayonlari davom etmoqda.

Ushbu mutaxassislar dasturga binoan, 2023-yil 10-oktabr kuninig birinchi yarmida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixolog-pedagogik respublika tashxis markaziga tashrif buyurib yurtimizda tshkil etilgan “Umidvorlik” nogiron bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan taqdim etilgan teatrni kuzatib o‘z iliq fikr va niyatlarini bildirib “Umidvorlik” markaziga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Shu kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi LOGOGARDENmaktabgacha talim tashkilotida bolishdi va muassasada tashkil etilgan inklyuziv talim jarayoni, mashgʻulotlarining oʻtkazilish jarayonini togridan togri kuzatishdi hamda muassasada olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

;