Yangiliklar

Qarshi tumani 49-umumiy oʼrta taʼlim maktabida 2022-yil 30-aprel kuni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi oʼtkazildi.

    Qarshi  tumani 49-umumiy oʼrta taʼlim maktabida 2022-yil 30-aprel kuni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktorining 2022-yil 18-martdagi 10-sonli buyrug‘i  ijrosini taʼminlash hamda oʼquvchilar hayotning goʼzalligini anglash, sevish, qadrlash va shukronalik tuygʼularini kamol toptirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida "Farzandlarimiz kelajagiga befarq boʼlmaylik!" shiori ostida "HAYOT GOʼZAL, YASHASH ZAVQLI! YOSHLAR FORUMI" AKSIYA oʼtkazildi. Unda har bir sinf oʼz qoʼl mehnati bilan tayyorlangan koʼrgazmalari bilan ishtirok etishdi. Aksiya doirasi 8 sinf o'quvchilari tomonidan "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda quyidagi shartlar bilan o'quvchilar o'z iqtidorini namoyon etishdi.

1. Tanishuv sharti.

2.Mavzu doirasida sahna ko'rinish.

3. Iqtidorli  yoshlar.

4. Erkin mavzu.                                         

5. Sport musobaqalari shartlari bilan bellashdi.

     Tadbir ishtirokchilari Maktab psixologlari va sinf rahbarlari  tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Tadbirni o'tkazishdan maqsad o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish va kelajakda kasblarga bo'lgan qiziqishini oshirish. Tadbirga Qashqadaryo viloyati telivedeniyasidan muxbirlar ham tashrif buyurishdi. Qarshi tuman 49-maktab psixologlari   M.Pardayeva, R.Umirova.

;